Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kriminal avtoritet maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi

Kriminal avtoritet maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi

Qirg‘izistondagi taniqli kriminal avtoritet Qamchibek Kolbayev (Qamchibek Asanbek) maxsus operatsiya davomida o‘ldirildi.

Qayd etilishicha, maxsus operatsiya 4 oktyabr kuni tushdan keyin Bishkek markazidagi restoranlardan birida o‘tkazilgan. Kolbayev qurolli qarshilik ko‘rsatgani uchun unga qarata o‘q uzilgan.

Qamchibek Asanbek o‘q jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Maxsus xizmat xodimlari va fuqarolar orasida hech kim qurbon bo‘lmagan va jarohatlanganmagan.

Holat yuzasidan «Uyushgan jinoiy guruh tuzish», «Qonunga xilof qurol-yarog‘ muomalasi» va «Odam o‘ldirishga urinish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Maxsus xizmatlar Kolbayevni «tadbirkorlarning o‘ta yirik miqdordagi mol-mulklariga noqonuniy ega chiqish faktlari bo‘yicha uyushgan jinoiy guruhning faol a’zolari va yetakchilari»ga nisbatan jinoyat ishini tergov qilish doirasida qo‘lga olishga harakat qilishgan.

Qamchibek Asanbek 2000 yilda qotillikda ayblanib, 25 yilga qamalgan, biroq olti yildan so‘ng qamoqdan qochgan. 2008 yilda u Moskvada rasman «qonundagi o‘g‘ri» maqomiga sazovor bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring