Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mayk Pens va xotini ko‘chada qoldi

Mayk Pens va xotini ko‘chada qoldi

Foto: «Anadolu Agency»

AQSh sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens va xotini, ular Vashingtondan qadrdon shtatlariga qaytganlaridan so‘ng, doimiy yashash joyisiz qolishdi, deb xabar berdi «Business Insider» manbalarga asoslanib.

Bir manbaga ko‘ra, Penslar Indiana shtatiga qaytgach, gubernator Erik Xolkomb dam oladigan kottejda qo‘nim topishgan. Biroq, Penslarga yaqin ikki nafar respublikachining aytishicha, oila Kolambus shahrida Maykning akasiga qarashli uyda vaqtincha to‘xtashgan.

«Uning uyi, yashashga joyi yo‘q», — nashr Donald Tramp maslahatchilaridan biridan shunday iqtibos keltirgan.

Ayni paytda 61 yoshni qoralagan Mayk Pens Indianada so‘nggi sakkiz yilda ko‘chmas mulkka ega emas. Bu yillar davomida avvaliga Indiana shtati gubernatori sifatida, keyin AQSh vitse-prezidenti payti hukumat bergan uylarda yashab yurgan.

Yuqori lavozimda ishlab yurgan kezlari Pens ko‘p do‘stlardan tashqari, ko‘p dushmanlar ham orttirdi, nashrga ko‘ra, uning yangi yashash manzili borasidagi ma’lumotlar xilma-xilligi shundan, xavfsizlik muhim.

Pens hozircha ishsiz. Nashr talqinicha, u Michigandagi Xillsdeyl kolleji yoki Virjiniyadagi Liberti universitetini boshqarishi mumkin. Liberti rektorligi Pens uchun yaxshigina daromad keltirgan bo‘lardi (avvalgi rektor yiliga 1 million dollardan ziyod olgan ekan), qolaversa, bu Respublikachilar partiyasidagi yevangelist xristianlar qo‘llovi ham demak, yozmoqda nashr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring