Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada shahar ko‘chalarini timsohlar egallab olmoqda

Meksikada shahar ko‘chalarini timsohlar egallab olmoqda

Meksika shaharlari ko‘chalarini timsohlar egallay boshladi.

200 dan ortiq timsohlar iyun oyi oxiri va iyul oyi boshida yoqqan kuchli yomg‘irdan so‘ng daryolar va suv havzalari qirg‘oqlaridan toshib ketishi tufayli shahar ko‘chalarida paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Accosiated Press.

Meksika hukumati sudralib yuruvchilarni ikki hafta davomida faol ravishda ushlamoqda va aholini ular yana paydo bo‘lishda davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Meksikaning Tamaulipas shtati atrof-muhitni muhofaza qilish kotibiyati ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan barcha timsohlar odamlar uchun xavf tug‘dirmaydigan tabiiy yashash joylariga qo‘yib yuborilgan.

Avvalroq AQShda baliqchi o‘z ovini suvdan olib chiqayotganida timsoh unga hujum qilib, uni qo‘lidan mahrum qilgani haqida xabar berilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring