Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mingdan ortiq qo‘yni «yeb ketgan» turkistonlik cho‘pon ushlandi

Mingdan ortiq qo‘yni «yeb ketgan» turkistonlik cho‘pon ushlandi

Foto: Qozog‘iston IIV

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida cho‘pon 1060 ta qo‘yni sotib yuborgan, deb yozmoqda «Zakon.kz». Voqeaning e’tiborli jihati — qo‘ylar o‘zganing mulki edi.

Qozog‘iston IIV yetkazilgan zararni 53 million tengega (126 ming dollardan ziyod) baholadi. Cho‘ponning o‘zini esa politsiya xodimlari poytaxt Nursultonda qo‘lga olishdi. U aybiga iqror bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 1060 ta qo‘y ikki yil davomida bo‘lib-bo‘lib sotib yuborilgan. Pullar shaxsiy ehtiyojga xarjlangan. Hozircha qonuniy egasiga o‘g‘irlangan qo‘ylarning 30 tachasi qaytarib berilgani aytilmoqda.

Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan (QR JK 189-moddasi, «o‘zgalarning ishonib topshirilgan mulkini o‘zlashtirish va sarflab yuborish»).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring