Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mitti davlat Rossiyaning €4,3 milliardini muzlatdi

Mitti davlat Rossiyaning €4,3 milliardini muzlatdi

Foto: «Praym»

Sanksiyalar doirasida Lyuksemburg banklari va boshqa moliyaviy muassasalari Rossiyaning 4,3 mlrd yevro qiymatidagi aktivlarini muzlatdi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligi bayonot berdi.

Muzlatilgan aktivlar sanksiyalarga tushgan 90 dan ziyod jismoniy shaxslar va 1100 ta kompaniyaga qarashli qimmatbaho qog‘ozlar va depozitlarni o‘z ichiga oladi.

Lyuksemburg jahondagi mitti mamlakatlar sirasiga kiradi: hududining kattaligi bo‘yicha 167-o‘rinda, aholisi soni bo‘yicha 164-o‘rinda. Biroq eng asosiy ko‘rsatkich — aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda jahonda 1-o‘rinda — 115 839 AQSh dollari. Shunchalik boy davlatki, jamoat transporti bepul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring