Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Möğuliston prezidenti isteʼfoga çiqdi

Möğuliston prezidenti isteʼfoga çiqdi

Foto: Mongolnow.com

Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux öz isteʼfosini eʼlon qildi. Şu munosabat bilan ötkazilgan matbuot anjumanida u «aql bovar qilmaydigan va nihoyatda jiddiy jinoyat» bilan boğliq holda unga tuhmat qilişgani va haqoratlaşganini maʼlum qildi.

Associated Press agentligining xabar berişiça, prezident davlat temir yöl loyihasidan moliyaviy manfaat körganlikda ayblangani sababli isteʼfoga çiqişga qaror qilgan. Xurelsux tergov bilan hamkorlik qilişini taʼkidladi.

Prezident va boşqa siyosatçilarga qöyilgan ayblovlar Tavan-Tolgoy — Gaşuunsuxayt temir yöli qurilişi böyiça Bodi Group kompaniyasi ğolib çiqqan tender bilan boğliq. Mongolia Daily naşrining xabar berişiça, mansabdor şaxslar jami 110 million dollar pora olgan bölişlari mumkin.

Möğuliston parlamentidagi muxolifat partiyasi 16-noyabr kuni Xurelsux va yana bir qança rasmiylarning isteʼfosini talab qilgan edi.

Prezident bir muddat kutib, vaziyatni kuzatganini qayd etdi. «Masʼuliyatli lavozimni egallab turgan şaxs sifatida, men bugun uşbu bayonotni berişga qaror qildim. Qonun oldida hamma teng», — deya qöşimça qildi u.

Uxnaagiyn Xurelsux uning obrösiga putur yetkazayotganlar «javobgarlikka tortilişini» alohida taʼkidladi. U öz «şaʼni qayta tiklanişiga» işonçi komil ekanini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring