Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mozambikdagi mehmonxona yaqinida 12 nafar xorijlikning boshsiz tanasi chiqdi

Mozambikdagi mehmonxona yaqinida 12 nafar xorijlikning boshsiz tanasi chiqdi

Foto: «Nachedeu.com»

Mozambikda jangarilar 12 nafar chet el fuqarosining boshini tanasidan judo qilishdi, qurbonlarning fuqaroligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozircha mavjud emas, deya xabar bermoqda «Times» gazetasi politsiyaga tayanib.

Mahalliy politsiya rahbarining nashrga ma’lum qilishicha, ularning jasadlari Palma shahridagi mart oyi oxirida jangarilar hujum qilgan mehmonxona yaqinidan topilgan.

«Ular hammasi bo‘lib 12 nafar edi, bari xorijlik, aynan qaysi millatga mansubligini bilmayman, ammo ularning hammasi oq tanli. Ularning boshlari kesilgan, qo‘llari bog‘langan», — dedi politsiya vakili.

O‘tgan hafta terrorchilik guruhi Mozambikning Palma shahrini egallab olganligini e’lon qilgandi. Jang 24-martdan beri davom etmoqda. 2-aprel kuni Mozambik politsiyasi RIA Novostiga shaharda jangarilar qolmaganini ma’lum qilgandi. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish assotsiatsiyasi vakili Julia Vachavening so‘zlariga ko‘ra, Palmani 8 mingdan ortiq kishi tark etgan.

29-mart kuni Mozambik shimolidagi Palma shahrida jangarilar hujumi natijasida 57 kishi halok bo‘lgani, vafot etganlar orasida yetti nafar chet ellik ham borligi haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring