Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murg‘ak go‘dak jasadini quchgan ayol. Yil fotolari e’lon qilindi

Murg‘ak go‘dak jasadini quchgan ayol. Yil fotolari e’lon qilindi

Fotojurnalistika bo‘yicha World Press Photo tanlovining 2024-yilgi g‘oliblari e’lon qilindi. Nufuzli tanlovga 130 mamlakatning 3851 nafar fotografidan 61062 ta fotosurat kelib tushdi. 

Reuters agentligi muxbiri Muhammad Salim tomonidan olingan fotosurat «Yil surati» deb topildi. Unda Isroil raketa hujumi oqibatida halok bo‘lgan 6 yoshli jiyani jasadini quchib o‘tirgan falastinlik 36 yoshli Inas Abu Ma’mar aks etgan. 2023-yil 17-oktyabr kuni G‘azo sektoridagi xonadon bombalanishi oqibatida qizaloq bilan birga uning onasi va opasi ham vafot etgan. Ushbu surat G‘azo sektorida so‘nggi olti oy davomida Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirilgan minglab begunoh bolalar fojiasini aks ettirgani bilan qimmatlidir.

Janubiy Afrika vakili Li-Enn Olvage (Lee-Ann Olwage) tomonidan tasvirga olingan suratlar «Yil reportaji» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Ushbu turkumdagi suratlarda demensiya (aqliy zaiflik) xastaligiga chalingan madagaskarlik 91 yoshli Dada Pol Rakotazandrini taqdir sinovlarini qanday qarshi olgani tasvirlangan. Ta’sirli jihati, xotirasini yo‘qotgan qariyaga kundalik yumushlarni ado etish, hatto kiyinishda 41 yoshli qizi va 5 yoshli nabirasi ko‘mak beradi, mo‘ysafidga ibodatxona yo‘lini ham ular ko‘rsatadi. Ushbu suratlar orqali fotograf jamoatchilik e’tiborini demensiyaga chalingan bemorlarga qaratishni maqsad qilgan.

World Press Photo tanlovining «Eng uzoq muddatli loyiha» nominatsiyasida venesuelalik Alexandro Segarra (Alejandro Cegarra) «Ikki devor» turkumi bilan g‘olib chiqdi. Ushbu turkum baxt va farovon hayot izlab AQShga yo‘l olgan muhojirlarning xatarnok yo‘liga bag‘ishlangan.

Ukrainalik fotojurnalist Yuliya Kochetova (Julia Kochetova) esa tanlovning «Ochiq format» nominatsiyasida g‘olib deb topilgan. U Ukraina xalqining Rossiya bosqiniga qarshi mardonavar kurashini muhrlashga harakat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring