Netanyaxu muhim taklifni rad etdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastinning HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarning bir qismini ozod qilish evaziga G‘azo sektorida besh kunlik sulh o‘rnatish taklifiga rozi bo‘lmadi.
Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Gazetaning qayd etishicha, 7-oktyabr kuni XAMAS jangarilari Isroil hududiga hujum qilganidan keyin Isroil bosh vaziri dastlabki muzokaralarda kelishuvni qat’iyan rad etgan. Muzokaralar 27-oktyabrda Isroil quruqlikdagi operatsiyasi boshlanganidan so‘ng qayta jonlangan, biroq manbalarga ko‘ra, Netanyaxu ayrim garovga olinganlar evaziga o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi takliflarga sovuqqon munosabatda bo‘lishda davom etmoqda.
Ayni damdagi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo shahri markazida Isroil va HAMAS o‘rtasida qaqshatqich janglar ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning o‘zi garovdagilarni ozod qilish va jasadlarni qaytarish evaziga o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgandi. Ammo HAMAS bunga rozi bo‘lmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter