Nipah virusiga qarshi vaksina chiqarildi
Belgiyada Nipah virusiga qarshi vaksinaning birinchi klinik sinovlari boshlanadi. Tokio universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksina odamlarda sinab ko‘riladi, deb xabar berdi Nikkei gazetasi.
Maymunlarda o‘tkazilgan sinovlarda vaksina to‘liq himoyalashi isbotlandi. Kelgusi yili olimlar kattalar va bolalar ishtirokidagi tadqiqotlarni Bangladeshda ham o‘tkazishmoqchi.
Ma’lumot uchun: Nipah virusi odamga hayvonlardan, masalan, ko‘rshapalaklar va cho‘chqalardan yuqishi mumkin. Virus nafas olish tizimini zararlaydi, ensefalit (bosh miya to‘qimalarining yallig‘lanishi) rivojlanishiga sabab bo‘ladi, o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa 75 foiz holatda o‘lim bilan yakunlanadi. Kasallikning ilk belgilari yuqtirishdan 4–7 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Shu yilning yanvarida Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida Nipah virusi tarqalgani qayd etilgan edi. Hozirgi vaqtda besh kishi ushbu virusni yuqtirgan, yuzga yaqin odam karantinga olingan. Shu paytgacha kasallikni davolash uchun maxsus dori vositalari yoki vaksinalar bo‘lmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter