Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-York tarixida ilk bor mer Qur’on bilan qasamyod qildi

Nyu-York tarixida ilk bor mer Qur’on bilan qasamyod qildi

Zohran Mamdani rasman Nyu-York shahri meri bo‘ldi va u lavozimga kirishish oldidan Qur’onga qasamyod qildi. Bu shahar meri qasamyod qilish uchun musulmonlarning muqaddas Kitobidan foydalangan birinchi holat.

Qayd etilishicha, Mamdanidan avvalgi merlarning aksariyati lavozimga kirishish chog‘ida Injil bilan qasamyod qilgan. AQSh federal qonunchiligi hamda shtat va shahar konstitutsiyalariga ko‘ra, qasamyod marosimida diniy kitobdan foydalanish majburiy hisoblanmaydi.

Qasamyod marosimi Yangi yil arafasida yarim tunda shaharning eng qadimgi metro bekatlaridan biri bo‘lgan va shahar meriyasining tagida joylashgan City Hall metro bekatida bo‘lib o‘tdi.

«Bu haqiqatan ham umr bo‘yi beriladigan sharaf va imtiyozdir», – dedi Mamdani.

Noyabr oyida 34 yoshli demokrat Zohran Mamdani Nyu-York shahar meri saylovlarida g‘alaba qozongandi. Mamdani ushbu shahar meri lavozimida ishlagan birinchi musulmon va Janubiy Osiyolik siyosatchi bo‘ldi. Saylov kampaniyasi davomida Mamdani AQSh prezidenti Donald Trampni «demokratiyaga tahdid» deb ta’riflagani bilan medianing «tili»ga tushgandi. O‘z navbatida Tramp ham uni o‘z ishini «omadsiz boshlagani»ni aytgan edi. 

Keyinroq Tramp Oq uyda saylangan mer bilan uchrashgan va Amerika yetakchisi uni «ajoyib» deb atab, u bilan ishlashga tayyorligini bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring