Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Yaponiya Putinga javob choralarini ko‘rib chiqmoqda

OAV: Yaponiya Putinga javob choralarini ko‘rib chiqmoqda

Foto: RIA Novosti

Yaponiya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning janubiy Kuril orollariga tashrifidan so‘ng mumkin bo‘lgan javob choralarini ko‘rib chiqmoqda.

​Bu haqda Yaponiya jamoatchilik teleradioeshittirish kompaniyasi (NHK) xabar berdi.

​Ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri Ukrainadagi urush tufayli Yaponiya tomonidan joriy etilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishdir.

​Yaponiya jamoatchilik teleradiosi «allaqachon sovuqlashgan Yaponiya-Rossiya munosabatlari yanada yomonlashadi» deb bashorat qilmoqda.

​Avvalroq Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Putinning Iturup oroliga tashrifi munosabati bilan Rossiyaning Tokiodagi elchisi Nikolay Nozdrevni chaqirtirgan edi.

​Yaponiyada janubiy Kuril orollari «Shimoliy hududlar» deb ataladi. Yaponiya to‘rtta orolga da’vo qilmoqda: Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomay guruhi. Rossiya bu orollar ustidan o‘z suverenitetini saqlab qolishi va unga qarshi chiqilmasligini bildirdi. Moskva 2022-yilda Tokioning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga javoban ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring