Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar yangi va xavfli «ozon tuynugi»ni topdilar

Olimlar yangi va xavfli «ozon tuynugi»ni topdilar

Foto: Mirror

Kanadalik olimlar Yer atmosferasida Antarktikadagidan yetti marta kattaroq ozon tuynugini aniqladilar.

Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Yerning ozon qatlamida aniqlangan teshik tropik mintaqada joylashgan bo‘lib, bu sayyora ekotizimiga ancha salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum qilingan.

«Ozon qatlamining yemirilishi ultrabinafsha nurlanish darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu esa odamlarda teri saratoni va katarakta xavfini oshiradi, shuningdek, inson immunitetini zaiflashtiradi, qishloq xo‘jaligi samaradorligini pasaytiradi. Sezgir suv organizmlari va ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri olim Tsin-Bing Lu.

Ozon tuynugi dastavval, 1985-yil Antarktida ustida, keyinroq Avstraliya tomon silijiyotgani, 1992-yil esa Arktika ustida kuzatilgan.

Eng dahshatlisi, bundan 20 yillar muqaddam Shimoliy qutb tepasida ozon qatlamidagi tuynuk hajmi rekord darajaga – 26 mln. kv. km.ga yetganligi aniqlandi. Buni bemalol Afrika qit’asi hududiga tenglashtirsa bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, ekologiya muhofazasiga har qachongidan ko‘proq va jiddiyroq e’tibor qaratish hozirgi davrda g‘oyat muhim ekanligini ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring