Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy ma’lumotlilar ulushi bo‘yicha qaysi mamlakatlar yetakchi?

Oliy ma’lumotlilar ulushi bo‘yicha qaysi mamlakatlar yetakchi?

Illyustrativ foto

CBRE Research hisobotiga ko‘ra, aholining oliy ma’lumotlilar ulushi bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakati — Irlandiya. Mamlakat mehnatga layoqatli aholisining 52,4 foizi bakalavr yoki undan yuqori darajadagi diplomga ega.

Oliy ma’lumotlilar ulushi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Shveysariya (46,0 foiz), Singapur (45,0), Belgiya (44,1) va Buyuk Britaniya (43,6) egallagan. Ushbu mamlakatlar ta’lim sohasiga yirik sarmoya kiritishi hamda bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishi bilan ajralib turadi. Natijada ularning jahon miqyosidagi raqobatbardoshligi yuksak darajada saqlanmoqda.

Mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa Xitoy birinchi o‘rinda. Mamlakatda oliy ma’lumotga ega aholi soni 139,4 million nafarni tashkil etadi. Keyingi o‘rinni Hindiston egallagan — 88,1 million aholisi oliy ma’lumotli. Uchinchi o‘rinda esa aholisi mazkur ikki Osiyo gigantinikidan ancha kam bo‘lishiga qaramay, 78,2 million nafar oliy ma’lumotli fuqaroga ega AQSh turibdi.

Shu bilan birga, Xitoy va Hindistonda oliy ma’lumotlilarning aholi umumiy sonidagi ulushi pastligicha qolmoqda: Xitoyda — 6,9 foiz, Hindistonda esa — 14,2 foiz. Bunga oliy ta’lim imkoniyatlarining, ayniqsa qishloq hududlarida, hali ham bir xil darajada ta’minlanmagani asosiy omil sifatida ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring