Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona chaqaloqni yong‘indan qutqarish uchun derazadan pastga uloqtirdi

Ona chaqaloqni yong‘indan qutqarish uchun derazadan pastga uloqtirdi

Chaqalog‘i bilan halokatli tuzoqqa tushib qolgan xitoylik ayol qaltis chora ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Xonadonda yong‘in boshlanganidan ayol g‘aflatda qoldi. U dahshatga tushdi, chunki qutqaruvchilar kelgunicha bola tutunga bo‘g‘ilib nobud bo‘lishi mumkin. Aynan o‘sha paytda u bolani uchinchi qavat derazasidan uloqtirishga fikriga – qiyin qarorga keldi.  Uning bu qarorini pastda turgan tasodifiy o‘tkinchilar qo‘llab-quvvatlashdi. Ya’ni odamlar bolani ushlab olish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishgandi. Ayol go‘dakni derazadan pastga tashladi, hammasi muvaffaqiyatli tugadi. Yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar ayolga ham vaqtida yordam berdi.  

Albatta, bu voqea ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboridan chetda qolmadi va ular bu qutqaruvda ishtirok etgan barchani chin dildan olqishladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring