Ostonada qish: bir sutkada 120 ga yaqin YTH, 12 kishi jarohatlandi
![Ostonada qish: bir sutkada 120 ga yaqin YTH, 12 kishi jarohatlandi](https://xabar.uz/static/crop/4/0/920__95_4007279306.png)
Birinchi qor Qozog‘iston avtoyo‘llarida muammolar tug‘dirishni boshladi. Xususan, poytaxt Ostonada bir kunda 120 ga yaqin yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, 12 kishi jarohatlangan.
«Ob-havo sharoitlari yomonlashuvi (qor yog‘ishi, ba’zi joylarda yo‘llarning muzlashi) sababli 12-oktyabr kuni poytaxt ko‘chalarida 118 ta YTH qayd etilib, ularda 12 kishi tan jarohati oldi», — deyiladi Ostona politsiya departamenti bayonotida.
Shuningdek, Shimoliy Qozog‘iston viloyatida yo‘llar muzlab, haydovchilar mushkul vaziyatlarga tushib qolishmoqda. Chelyabinsk–Novosibirsk trassasining 418-kilometrida bir yo‘la to‘rtta fura yo‘l muzlashi tufayli harakatlana olmay qolgan, shu yo‘lning 619-kilometrida esa 74 yoshli erkak yengil mashinasi bilan yo‘ldan chiqib ketgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/75/t6anTyL-eoZQ9fjvFFwX9LD8m3q7ykzH.png)
Qolaversa, Jezqazg‘an–Petropavlovsk yo‘lining turli qismlarida qor va muz sababli bugunning o‘zida uchta jiddiy YTH sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter