Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv yuzaga keldi

Bugun tunda, 13 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegarasida qurolli mojaro yuz berdi.
Arsaniston Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlarini chegaradagi arman aholi punktlarini o‘qqa tutishda, o‘z navbatida, Ozarbayjon hukumati Yerevanni chegaraning Dashkesan, Kalbajar va Lochin yo‘nalishlaridagi «keng ko‘lamli diversiya»da aybladi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, arman tomoni shaxsiy tarkib va harbiy texnika bo‘yicha talafot ko‘rgan. Yerevan tomoni yo‘qotishlar borligini tasdiqlagan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Qayd etilishicha, Armaniston Xavfsizlik kengashi Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Rossiyadan yordam so‘rab murojaat qilishga qaror qilgan.
Bundan tashqari, rasmiy Yerevan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ham murojaat qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Yerevan va Boku o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ uchun mojaro 2020 yilning yozida avj olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter