Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar urush ketayotgan Kiyevda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha birinchi o‘rinda

O‘zbekistonliklar urush ketayotgan Kiyevda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha birinchi o‘rinda

Rossiya bosqini boshlangan 2022 yil 24  fevraldan hozirga qadar Ukrainada 100 dan ziyod mamlakat ishbilarmonlari tomonidan 3000 dan ortiq yangi kompaniya tashkil qilindi. “Opendatabot” monitoring xizmati ma’lumotlariga qaraganda, Ukrainada biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan xorijliklar ro‘yxatida o‘zbekistonliklar ikkinchi o‘rinni, poytaxt Kiyev miqyosida olganda esa birinchi o‘rinni band etgan. 

Urush sharoitida yashayotgan mamlakatda ta’sis etilgan 3075 kompaniyaning 396 tasi (12,9 foiz) turkiyalik, 312 tasi (10,1 foiz) o‘zbekistonlik va 224 tasi (7,3 foiz) polshalik tadbirkorlarga tegishlidir. 

AQSh, Qozog‘iston, Germaniya, Ozarbayjon, Isroil, Buyuk Britaniya va Xitoy ham Ukrainada tijoriy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga katta qiziqish bildirgan. 

Yangi ochilgan kompaniya va korxonalarning yarmi (1517 ta) poytaxt Kiyev hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu borada o‘zbekistonlik ishbilarmonlar birinchi o‘rinni egallagan: yurtdoshlarimiz Ukraina bosh kentida 175 ta kompaniya va korxona ochgan.

Tahlillarga ko‘ra, xorijlik ishbilarmonlar asosan ulgurji savdo (30,7 foiz), ko‘chmas mulk operatsiyalari (6,7 foiz), axborot texnologiyalari va dasturlash (5,8 foiz), umumiy ovqatlanish (5 foiz), qurilish (4,3 foiz), chakana savdo (4 foiz) kabi sohalarda faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring