Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pashinyan KXShT kengashi deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi

Pashinyan KXShT kengashi deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) Kollektiv xavfsizlik kengashi deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Armaniston Ozarbayjon bilan «Ozarbayjon qo‘shinlarini Armaniston Respublikasi suveren hududidan 2021-yil 11-maydan boshlab dastlabki pozitsiyalariga zudlik bilan va so‘zsiz olib chiqib ketish» masalasi bo‘yicha siyosiy-diplomatik ishlarni tezlashtirishni taklif qildi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatga aniq siyosiy baho berilmagani tashkilotga o‘z majburiyatlaridan voz kechish imkonini berishi mumkin va Ozarbayjon buni tashkilotning keyingi tajovuzkorligi uchun yashil chiroq sifatida ko‘rishi mumkin.

«Men Armanistonga yordam berish to‘g‘risida taqdim etilgan bayonot yetarli darajada ishlab chiqilmagan deb o‘ylayman va men uni hozir bu shaklda imzolashga tayyor emasman», deydi Armaniston bosh vaziri.

Ma’lumot uchun, uzoq yillardan beri Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ masalasida o‘zaro ziddiyat mavjud edi. 2020-yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuvdan so‘ng har ikki tomon kelishuvga erishdi. Kelishuvga ko‘ra, Armaniston Ozarbayjonga Kelbadjar va Lochin viloyatlarini, shuningdek, urushlar oralig‘ida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi nazorati ostida bo‘lgan Agdam viloyatining bir qismini berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring