Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pavel Durov qayerda va qanday sharoitda yashamoqda?

Pavel Durov qayerda va qanday sharoitda yashamoqda?

Sud tadbirkor va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni garov evaziga ozod qilganidan keyin u Parijdagi hashamatli Hotel de Crillion mehmonxonasiga joylashdi. Bu haqda Fransiyaning Le Monde nashri yozmoqda.

«Sud nazorati doirasida bir necha oy Fransiyada qolishga majbur bo‘lgan Pavel Durov hashamatli Crillion mehmonxonasidan joy topdi», deb yozadi gazeta.

Nashrning aniqlik kiritishicha, mehmonxona Parijning markaziy ko‘chasi – Yelisey maydoni yaqinida joylashgan. Nashrning yozishicha, tadbirkor ozodlikka chiqqanidan beri doimiy ijaraga olish uchun boshqa uy-joy qidirib yurgan.

Shu bilan birga, nashrning yozishicha, Durov hibsga olinganidan so‘ng darhol franssuz milliarderi Ksave Nelning kvartirasida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, sud Durovga Fransiyani tark etmaslik shartini qo‘ygan. 

Avvalroq Telegram qonuniy talablarga javoban huquq-tartibot idoralariga qoidalarni buzgan shaxslarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring