Pokiston Qandahor aeroporti yaqinidagi yoqilg‘i omborlariga aviazarba bergani aytilmoqda
Pokiston harbiy aviatsiyasi Afg‘onistonning Qandahor shahri aeroporti yaqinida joylashgan Kam Air kompaniyasining yoqilg‘i omborlariga zarba bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu omborlar fuqaro aviatsiyasi va BMT samolyotlarini yoqilg‘i bilan ta’minlashda foydalanilgan. Shu bois hujum nafaqat harbiy, balki fuqarolik aviatsiyasi infratuzilmasiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
«Tolibon» vakili Zabihullo Mujohidning bildirishicha, ushbu bombardimonlar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bor.
TOLO News nashriga ko‘ra, Tolibon bunga javoban Nangarhor viloyatidagi Pokiston chegara postlariga hujum boshlagan. To‘qnashuvlar Nangarhorning Durbobo tumani yaqinidagi chegara hududlarida boshlangan. Hozircha hujum tafsilotlari va ehtimoliy qurbonlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter