Pokistonda yoqilg‘ining yangi narxlari belgilandi

Pokiston hukumati kelayotgan ikki ikki hafta ichida yoqilg‘i narxlari oshirilishini e’lon qildi, deb xabar berdi Express Tribune.
Benzin 3,47 rupiya (0,012 dollar)ga qimmatlab, 1 litri 256,13 rupiya (0,92 dollar)ni tashkil etadi. Dizel yonilg‘isi narxiga 2,61 rupiya (0,0094 dollar) qo‘shilib, 1 litri 260,95 rupiya (0,94 dollar) dan sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yida hukumatni egallagan «Pokiston musulmonlar ligasi — Navoz» partiyasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining ozgina moliyaviy ko‘magini deb mamlakat ichkarisida yoqilg‘ini subsidiyalashni to‘liq to‘xtatgan edi. O‘shanda, bir necha oy ichida, yoqilg‘i narxi keskin qimmatlashib ketgan edi (1 litriga 90 rupiya qo‘shilgan).
Bu mamlakat bo‘ylab inflyasiya o‘sishiga olib keldi, chunki Pokistonda benzin va dizel yonilg‘isi logistika va energetika asosi sanaladi. 2023-yilda inflyasiya cho‘qqisi rasmiy raqamlarning o‘zida yillik kesimda 50 foizga chiqdi, faqat 2024-yil o‘rtalariga kelibgina narxlarning o‘sishini nari-beri jilovlashga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter