Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident inauguratsiya marosimiga portlovchi qurilma olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Prezident inauguratsiya marosimiga portlovchi qurilma olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Braziliya prezidenti Lula da Silvaning inauguratsiya marosimida portlovchi qurilma va pichoq bilan qurollangan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

«Erkak tadbirda ishtirok etish uchun Rio-de-Janeyrodan kelgan va ko‘zdan kechirish chog‘ida undan pirotexnika vositalari va oshxona pichog‘i topilgan», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 31 oktyabr kuni Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 77 yoshli Lula da Silva ikkinchi turda amaldagi davlat rahbari Jair Bolsonaruni ortda qoldirib, g‘alaba qozondi. U 50,84 foiz ovoz olgan. Saylovchilarning 49,16 foizi amaldagi prezidentga ovoz bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring