Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin bu yil murojaatnoma yo‘llamaydi

Putin bu yil murojaatnoma yo‘llamaydi

Foto: RBK

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun bayonot berishicha, davlat rahbari bu yil Federal Majlisga murojaat yo‘llamaydi.

«Putinning jadvali juda tig‘iz. 2023-yilgi murojaatnoma sanasini oydinlashtirib, aniqlashtirib olamiz. Keyin ma’lumot beriladi», — tushuntirdi Kreml vakili.

Peskov qo‘shimcha qilishicha, bugun Putin Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida chiqish qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Putin an’anasini buzib, 10 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan katta matbuot anjumanini bekor qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring