Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston davlatiga rahbarlik vaqtincha Isayevga o‘tdi

Qirg‘iziston davlatiga rahbarlik vaqtincha Isayevga o‘tdi

Sooranboy Jeenbekov iste’fosidan so‘ng Qirg‘iziston prezidentining vakolatlari ushbu mamlakat parlementi (Jokorgu Kenesh) raisi Kanat Isayevga o‘tdi.

Kanat Isayev  1975-yilda Chuy viloyatida tug‘ilgan. Qirg‘izicton davlat milliy universitetida tahsil olgan. Faoliyati mobaynida Tokmok shahar meri (2008-2010), Chuy viloyati gubernatori (2013-2015) vazifalarida ishlagan. Ikki bor mamlakat parlamenti deputatligiga saylangan. "Qirg‘iziston" partiyasi yetakchisi.

K. Isayev bor-yo‘g‘i ikki kun (15-oktyabr) avval Jogorku Kenesh spikeri o‘rnini egallagandi. Mamlakat konstitutsiyaga muvofiq, iste’foga chiqqan prezident vakolatlari parlament raisiga o‘tadi. Shu tariqa  K. Isayev Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchisiga ham aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring