Qo‘shiqchi Per Narsiss 45 yoshida vafot etdi
Asli kelib chiqishi kamerunlik bo‘lgan rossiyalik qo‘shiqchi Per Narsiss 45 yoshida Moskvada vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Valeriya Kalacheva instagram sahifasida xabar berdi.
Per Narsiss yoshligida qarindoshlarinikida yashash uchun Kamerundan Rossiyaga ko‘chib kelgan, keyin Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qigan. 1990 yillarning oxirlaridan boshlab u KVNda qatnashadi, teleko‘rsatuvda ishtirok etadi.
U «Yulduzlar fabrikasi» shousining ikkinchi mavsumida mashhurlikka erishgan. Uning «Shokoladniy zayas» qo‘shig‘i o‘z davrining xitiga aylanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi buyrak operatsiyasidan so‘ng vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter