Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda — so‘rovnoma

Qozog‘iston to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda — so‘rovnoma

Foto: Adyrna

Qozog‘iston prezidenti qoshidagi Strategik tadqiqotlar instituti ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi.

So‘rovda mamlakatning 17 viloyati va respublika ahamiyatiga molik shahri (Ostona, Olmaota, Chimkent)dan 18 yoshdan katta bo‘lgan 8 ming nafar respondent qatnashdi.

Tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, qozog‘istonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy holati yaxshilanish tendensiyasiga ega.

«So‘nggi yilda sizning oilangizning moddiy holati qanday o‘zgardi?» degan savolga so‘ralganlarning deyarli uchdan bir qismi (31,1 foiz) «yaxshilandi», yana shuncha qismi (31,6 foiz) esa «o‘zgarmadi» (oldingidek qoldi), deya javob bergan. Respondentlarning 27,1 foizi o‘z moddiy farovonligi yaqqol o‘sganini ta’kidlagan bo‘lsa, so‘ralganlarning 8,6 foizi moddiy ahvoli yomonlashganini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, 2023 va 2024-yillarda sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy qurilishi va yo‘llarni ta’mirlash uchun davlat xarajatlarining oshirilishi aksariyat fuqarolarda ijtimoiy optimizmni kuchaytirgan. Shu bois so‘ralganlarning 68,3 foizi mamlakat kelajagi yanada yaxshi bo‘lishiga ishonmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring