Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reuters: Erondagi maktabga berilgan zarba ortida AQSh bo‘lishi mumkin

Reuters: Erondagi maktabga berilgan zarba ortida AQSh bo‘lishi mumkin

Eronning Minab shahridagi qizlar maktabiga berilgan zarbani ehtimol AQSh harbiylari amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters ikki nafar amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi.

Manbalarning aytishicha, bu tergovning dastlabki xulosasi bo‘lib, hali tekshiruv yakunlanmagan. Keyinchalik yangi ma’lumotlar paydo bo‘lib, maktabga qilingan hujum ortida boshqa tomon ham bo‘lishi mumkin.

Amaldorlar hujum qaysi dalillarga asoslanib AQSh harbiylari bilan bog‘lanayotgani, qanday o‘q-dori ishlatilgani va nega zarba maktabga berilgani haqida ma’lumot bermagan.

Avvalroq The New York Times ham bu hujumda AQSh ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, AQSh harbiy-havo kuchlari nishon sifatida Islom inqilobi posbonlari korpusi bazasini mo‘ljallagan, ammo zarba xatolik bilan maktabga tushgan bo‘lishi mumkin.

Hozircha AQSh Mudofaa vazirligi rasman faqat hodisa bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan.

Eron rasmiylariga ko‘ra, 28-fevral kuni Minabdagi qizlar maktabiga berilgan raketa zarbasi natijasida 165 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring