Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmoqchi

Rossiya hukumati kelgusi hafta benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda. Reuters manbalaridan biri taqiq 13-noyabrda bekor qilinishini aytgan bo‘lsa, ikkinchisi bu haqdagi qaror 19-noyabrgacha qabul qilinishini bildirgan.

8-noyabr kuni Rossiya energetika vaziri Nikolay Shulginov hukumat Ai-95’gacha bo‘lgan barcha benzin markalari eksportiga qo‘yilgan taqiqlarni bekor qilish masalasini muhokama qilayotganini ma’lum qilgan.

Rossiyada 21-sentyabr kuni dizel yonilg‘isi va benzin eksportiga taqiq joriy qilingandi. Eksport taqiqi yonilg‘i inqirozini to‘xtatish uchun kiritilgan. 6-oktyabrda hukumat cheklovlarning bir qismini olib tashlagan, bu esa dizel yonilg‘isini eksport qilishga ruxsat bergan.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov avvalroq Rossiya tomonidan benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga kiritilgan cheklovlar O‘zbekistonga yetkazib berishga ta’sir qilmaganini va davlatlar o‘rtasida hukumatlararo kelishuv tuzilganini bildirgan. Yil boshida O‘zbekistonga benzin importining aksar qismi Rossiya hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring