Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya harbiylari yuk mashinalarini «zebra»ga aylantirishni boshladi

Rossiya harbiylari yuk mashinalarini «zebra»ga aylantirishni boshladi

Foto: Bild

Rossiya harbiylari Ukraina dronlari sababli yuk mashinalarini zebra ko‘rinishida bo‘yashni boshlashdi, deb xabar berdi Bild nashri.

«KamAZ» va «Ural» harbiy yuk mashinalari odatga xilof qora-oq ranglarga bo‘yalishi sun’iy intellekt negizidagi nishonni aniqlash tizimlariga ega Ukraina dronlarini chalg‘itish uchun qilingan, deb yozilmoqda ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda.

Kontrastli (o‘ta farq qiluvchi) chiziqlar algoritmlarning mashina konturlari va shaklini aniqlashiga xalaqit berishi mumkin. Biroq, bu usulning samaradorligi bahsli: zamonaviy dronlar nafaqat kameralardan, balki teplovizorlar va boshqa sensorlardan ham foydalanadi.

«Ular zebralarni, tuyaqushlarni, karkidonlarni — nimani chizishmasin, baribir biz nishonga olamiz», — dedi ukrainalik ofitser Nikolay Kolesnik.

Xabarda ta’kidlanishicha, Ukraina harbiylari Rossiya qo‘shinlarini, shu jumladan Rossiya hududida ham, ta’minotdan uzishga qaratilgan operatsiyalar doirasida tobora ko‘proq yuk mashinalarini nishonga olmoqda.

«Rossiya logistikasi qanchalik ko‘p yo‘q qilinsa, frontda hujumkor harakatlar shunchalik kamayadi», — deb ta’kidladi Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring