Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya migrantlar farzandlari uchun yangi talablarni joriy etdi

Rossiya migrantlar farzandlari uchun yangi talablarni joriy etdi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlari va ularning farzandlarining mamlakatda bo‘lish tartibini yanada kuchaytiruvchi qonunlar paketini qabul qildi.

Yangi tartibga ko‘ra, patent asosida ishlayotgan xorijliklarning farzandlari 18 yoshga to‘lgach, Rossiyani tark etishi yoki 30 kun ichida o‘z nomiga mehnat patenti rasmiylashtirishi shart bo‘ladi.

Shuningdek, mehnat migrantlari o‘zlari bilan birga mamlakatda yashayotgan har bir farzandi uchun ham jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

Qonunga muvofiq, agar migrantning daromadi o‘zi va qaramog‘idagi oila a’zolari uchun belgilangan yashash minimumi darajasidan past bo‘lsa, uning mehnat patenti bekor qilinadi. Bunday holatda patent uzaytirilmasa, xorijlik 15 kun ichida Rossiya hududini tark etishi lozim.

Shuningdek, soliq organlari xorijliklarning daromadlari haqidagi ma’lumotlarni har uch, olti, to‘qqiz va o‘n ikki oylik davrlar kesimida avtomatik ravishda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etadi.

So‘nggi yillarda Rossiyada migratsiya qonunchiligi bosqichma-bosqich kuchaytirilmoqda. Xususan, avvalroq migrantlar farzandlarining rus tili imtihonisiz maktabga qabul qilinishi taqiqlangan, ota-onalar esa mamlakatda qonuniy yashashini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi majburiy qilib belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring