Rossiya Ukraina kemalarini to‘xtatish uchun qurol qo‘lladi

Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani aytilayotgan Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli uchta kema qo‘lga olindi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmatiga asoslanib, «Reuters» ma’lum qilmoqda.
Kemalarni to‘xtatish uchun qurol qo‘llashga majbur bo‘lingani natijasida Ukrainaning uch nafar harbiy-dengizchisi yaralangan. Ularga Rossiya tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgani aytilmoqda. Rossiya qurol qo‘llanishini: Ukrainaning «Nikopol» va «Yani Kapu» kemalari Rossiya chegara xizmati va Qora dengiz floti kema va katerlarining darhol to‘xtash haqidagi talablariga javob bermagani» va «xavfli harakatlarni amalga » bilan izohlamoqda.
Rossiya Qrim Respublikasini o‘zining yangi sub’yekti deb biladi. Ukraina esa aksincha: Qrim va uning atrofidagi suv hududlarini o‘ziniki deb hisoblaydi. Kerch bo‘g‘ozi yaqinida sodir bo‘lgan ushbu nizoning tub sababi ham shunda.
Avvalroq Ukraina kemalari Rossiya chegarasini kesib o‘tgani xabar qilingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter