Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya armiyasi jiddiy muammo qarshisida qoldi - Bloomberg

Rossiya armiyasi jiddiy muammo qarshisida qoldi - Bloomberg

Bloomberg Kreml va Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin uchta anonim manbaga yozishicha, mamlakatda 2024-yil oxirigacha harbiy safarbarlik bo‘lishi mumkin.

Rossiya armiyasida Ukrainadagi frontdagi yo‘qotishlar o‘rnini bosish uchun yetarlicha askar yo‘q, bu Rossiya bosqinining 2022-yil fevralida boshlanganidan beri eng yuqori darajaga yetdi, deyiladi xabarda.

Vaziyatdan xabardor shaxsning aytishicha, viloyat mutasaddilari armiya chaqiriluvchilar uchun to‘lovlar oshganiga qaramay, o‘rtacha kvotalarning uchdan bir qismi to‘lmayapti. 

Rossiya armiyasining Kursk viloyatidagi Ukraina qo‘shinlarining hujumini qaytarish va chegarani o‘z nazoratiga olishga qodir emasligi mamlakatda mudofaa zaxiralari yo‘qligini ko‘rsatdi.

Agentlik manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi Rossiya rasmiylarini frontdagi harbiylarga muhlat berish uchun «rotatsiya» sifatida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan yangi safarbarlikni amalga oshirishga majbur qilishi mumkin.

Boshqa Bloomberg manbasining aytishicha, yangi safarbarlik uchun buyruq 2024-yil oxirida berilishi mumkin.

2022-yil 21-sentyabrda Prezident Putin Rossiyada 300 ming kishini qamrab olgan qisman safarbarlik e’lon qildi. Oktyabr oyi oxirida Putin mobilizatsiya yakunlanganini aytdi, biroq tegishli farmonni imzolamadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring