Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga migrantlar oilasi bilan kelishiga aksariyat deputatlar qarshi — Volodin

Rossiyaga migrantlar oilasi bilan kelishiga aksariyat deputatlar qarshi — Volodin

Foto: Global Look Press

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlariga oilalarini mamlakatga olib kelishni taqiqlash to‘g‘risidagi tashabbusni tayyorlamoqda. Tashabbus aksariyat deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda. Duma spikeri Vyacheslav Volodin «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida shuni ma’lum qildi.

«Qonunchilik tashabbusini tayyorlayapmiz, fraksiyasidan qat’i nazar, ko‘pchilik deputatlar uni qo‘llab-quvvatlashlari aniq», — dedi ishonch bilan Volodin.

Deputatlar Rossiyadan barcha qoidabuzarlarni chiqarib yuborishga qaratilgan «anchayin qattiq» me’yorlarni ko‘rib chiqmoqchi. Ish beruvchilarga «yanada qattiqroq» mas’uliyat yuklatilishi kerak, dedi u.

«O‘zi (Rossiyaga) ishlagani kelgan odam, oilasini olib kela olmasligi kerak», — alohida ta’kidladi spiker.

Avvalroq Volodin migratsiya siyosati masalalari ayni paytda RF Davlat dumasi uchun ustuvor hisoblanishini aytgandi. Uning fikricha, mehnat migrantlari Rossiyaga kelishiga qadar rus tilini o‘rgangan bo‘lishi shart.

Butun G‘arb olamini rusofoblikda ayblashga odatlangan rus siyosatchilari o‘zlari «do‘st mamlakatlar» deb hisoblovchi yurtlardan kelgan fuqarolarga so‘nggi paytlarda bosimni kuchaytirayotgani g‘alati va tushunarsiz. Cheklovlar ustiga cheklovlar. Ayni damda Rossiyada migrantlarning farzandlari uchun ta’limni pulli qilish haqidagi qonun loyihasi qabul qilinishga juda yaqin turibdi. Go‘yoki bu mamlakatdagi barcha muammolarga chetdagilar va chetdan kelganlar sababchi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring