Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning eng boy davlat xizmatchilaridan biri Hindistonda fojiali tarzda halok bo‘ldi

Rossiyaning eng boy davlat xizmatchilaridan biri Hindistonda fojiali tarzda halok bo‘ldi

Vladimir viloyati kengashi deputati Pavel Antov 65 yoshida vafot etdi. Deputat Hindistonda ta’til vaqtini o‘tkazayotganida vafot etganini TASS manbasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 25 dekabr kuni u to‘rt kishidan iborat sayyohlik guruhi bilan dam olayotgan Odisha shtatidagi mehmonxona oynasidan tushib ketgan.

Hind politsiyasining aytishicha, bu o‘z joniga qasd qilish bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, Pavel Antom o‘limidan ikki kun oldin uning hamrohlaridan biri Vladimir Bidenov ham xuddi shu mehmonxonada o‘lik holda topilgan.

Shtat politsiyasi va Rossiyaning Kalkuttadagi bosh konsulligi Hindistonda ikki rossiyalikning o‘limida shubhali hech narsa ko‘rmayapti.

Pavel Antov —go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya asoschisi edi. U 2018 yilda «Yagona Rossiya» partiyasidan Vladimir viloyati Qonunchilik kengashiga deputat etib saylangan va u yerda agrar siyosat, atrof-muhit va ekologiya qo‘mitasini boshqargan.

Deputat etib saylangan yili Antov 9,97 milliard rubllik daromadi bilan Forbes jurnali tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng boy davlat xizmatchilari reytingida birinchi o‘rinni egallagandi. Keyingi yili bu reytingda u 26-o‘ringa tushgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring