Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rubl nega qadrsizlanib ketmoqda?

Rubl nega qadrsizlanib ketmoqda?

Foto: Xabar.uz

Rubl kursining pasayishi Rossiya Markaziy banki tomonidan asosiy stavkaning oshishi bilan bog‘liq. Bu haqda Davlat Dumasining Iqtisodiy siyosat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mixail Delyagin Lenta.ru bilan suhbatda ma’lum qildi.

Delyaginning so‘zlariga ko‘ra, «bu Rossiya bankining siyosati bilan bog‘liq». Uning ta’kidlashicha, sun’iy ravishda yaratilgan pul ochligi fonida asosiy stavkaning ko‘tarilishi nafaqat narx o‘sishining tezlashishiga, balki rublning qadrsizlanishiga ham olib keladi. Deputat shunday holatlar 2014-yil va o‘tgan yilning ikkinchi yarmida kuzatilganini alohida ta’kidladi.

Delyagin, shuningdek, asosiy stavkaning ko‘tarilishi iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishiga e’tibor qaratdi. Bu esa, o‘z navbatida, investitsiya loyihalarini rentabellikka olib keladi va tadbirkorlar ulardan voz kecha boshlaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, biznes tomonidan to‘plangan pulni qayergadir sarmoya qilish kerak. Hozirgi sharoitda ommaviy investitsiyalarning yagona yo‘nalishi valyuta bozori bo‘lib, bu valyutaga bo‘lgan talabning oshishiga va natijada rubl kursining pasayishiga olib keladi.

O‘z navbatida, iqtisodchi Yevgeniy Kogan rublning zaiflashishi sabablaridan biri neft narxining pasayishi, uning dunyoda ortiqcha taklifi va Xitoydan talabning zaifligi bilan bog‘liqligini aytdi. U, shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Amerika neft kompaniyalariga imtiyozlar berishga va’da berganini esladi.

26-noyabr kuni Moskva birjasida dollar kursi 105 rubldan oshdi. AQSh valyutasi 2022-yildan beri birinchi marta bu qiymatda savdo qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring