Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shakiraga sakkiz yillik qamoq xavf solmoqda

Shakiraga sakkiz yillik qamoq xavf solmoqda

Ispaniya prokuraturasi qo‘shiqchi Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, sakkiz yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda. Bu haqda mahalliy El Pais gazetasi yozdi.

Qayd etilishicha, prokuratura ayblov xulosasini tayyorlagan, unda kolumbiyalik san’atkorni 23 million yevro miqdorida jarimaga tortish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shiqchi 2012-yildan 2014-yilgacha bo‘lgan davrda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda.

Gap 14,5 million yevro haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, Shakira mamlakatda bir necha yil yashaganiga qaramay, 2015-yildan boshlab soliq hisobiga kirgan. Xonandaning himoyachisi esa u mamlakatda bir yilda 183 kundan ko‘proqgina yashagan va soliq to‘lovchi deb hisoblanmasligini aytmoqda.

Ayblovchilar Shakiraning kataloniyalik futbolchi Jerar Pike bilan munosabatlarini hisobga olib, ko‘p vaqtini Barselonada o‘tkazgan deb hisoblaydi.

Avvalroq, Dunyodagi eng mashhur juftliklardan sanalgan Shakira va Jerar Pike sevgi afsonasi intihosiga yetgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring