Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ShHTning Hindiston sammiti virtual formatda bo‘lib o‘tadi

ShHTning Hindiston sammiti virtual formatda bo‘lib o‘tadi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning 22-sammiti 4-iyul kuni virtual formatda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilotga raislik qilayotgan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

«Hindistonning ilk raisligi ostida o‘tadigan ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi 2023-yil 4-iyul kuni virtual formatda bo‘ladi», – deyiladi xabarda.

Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston sammitga kuzatuvchi davlat sifatida, Turkmaniston esa mehmon sifatida taklif etilgan.

Hindiston OAVsi sammitning virtual formatda o‘tkazilishi haqidagi qarorini kutilmagan deb atamoqda. The Hindu nashrining manbalariga tayanib yozishicha, bu qarorga «ish jadvallarining o‘ta bandligi» sabab bo‘lgan. Shuningdek, Hindiston hukumati ShHTning ayrim yetakchilari, jumladan, Xitoy va Pokistondan yakuniy tasdiqni ham ololmagan. Mamlakat Bosh vaziri Narendra Modining jadvali ham juda band.

O‘tgan yili Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti sentyabr oyida bevosita uchrashuv asosida o‘tkazilgan edi. Shu bilan birga, tashkilotning Samarqand sammitida Eronni ShHTga to‘laqonli a’zolik qilish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandi. Mamlakat Hindistondagi sammitdayoq tashkilotga a’zo bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring