Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shved shveysariyalikka qarshi: Rojer Federer Greta Tunbergning ayblovlariga javob berdi

Shved shveysariyalikka qarshi: Rojer Federer Greta Tunbergning ayblovlariga javob berdi

Foto: «Twitter»

«Ulkan toj»larning 20 karra chempioni, tennis yulduzi Rojer Federer baobro‘ inson. Kortda va kort atrofida u haqda yomon gap chiqmagan, oilaparvar kishi, haqiqiy shveysariyalik — ishonsa bo‘ladi. O‘zini global ekologik muammolar himoyachisi sifatida ko‘rsatayotgan 17 yoshli shved qizi Greta Tunberg Federerni ham ayab o‘tirmadi — Rogerwakeupnow («Rojer, uyg‘on») aksiyasiga qo‘shildi. Federer «Credit Suisse» banki elchisi ekani aksiya qatnashchilarida norozilik uyg‘otmoqda.

Gap-so‘zlarga ko‘ra, mana shu bank foydali qazilmalar sohasini ham moliyalashtirib turadi va atrof-muhitni ifloslantirishga «hissa» qo‘shmoqda. #RojerUyg‘on xeshtegi Shveysariya «Twitter»ida ildamlardan biriga aylandi.

Foto: AFP

«Atrof-muhitga tahdidlarni juda yaxshi tushunaman, ayniqsa, o‘rmon yong‘inlari tinka-madorini quritgan Avstraliyaga kelib buni yanada yaqqol his etdim», — dedi afsonaviy 38 yoshli tennischi. — «To‘rt bolaning otasi sifatida hamma munosib ta’lim olishi tarafdoriman, barchamizni global ofatdan ogohlantirayotgan va innovatsion yechimlar qabul qilishga undayotgan yosh ekologlardan minnatdorman».

«Menga oddiy bir shaxs, sportchi va tadbirkor sifatida mas’uliyatimni eslatib turganlarni qadrlayman. O‘z mavqeimdan foydalanib bu muhim masalalarni o‘z homiylarim bilan muhokama qilishni burchim deb bilaman», — dedi Rojer Federer so‘zining yakunida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring