Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shveysariyada Ukraina tinchlik sammiti boshlandi

Shveysariyada Ukraina tinchlik sammiti boshlandi

Foto: Telegram/V_Zelenskiy_officia

Bugun, 15-iyun kuni Shveysariyaning Byurgenshtok kurortida Ukrainadagi nizoni tinchlik yo‘li hal qilishga bag‘ishlangan sammit boshlandi.

Konferensiya mezboni — Shveysariya rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, sammitda 50 dan ortiq davlat va hukumat rahbari, jumladan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qatnashadi. Umuman olganda, tadbirda 100 ga yaqin delegatsiyalar, jumladan, BMT va Yevropa tashkilotlari ishtirok etadi.

Kim keldi, kim kelmadi — ushbu uchrashuvda muhim ahamiyatga ega omil. Prezident Putin hukumatining qatnashmasligi sammitning ahamiyatini yo‘qqa chiqaradi, deyishmoqda tanqidchilar. Moskvani Shveysariyadagi muzokaralarga taklif etishmadi, Rossiya ishtirokisiz Ukrainada tinchlikka erishish mumkin emas, degan Putin.

AQShdan vitse-prezident Kamala Harris Shveysariyaga keldi, Turkiya va Saudiya Arabistoni esa o‘z tashqi ishlar vazirlarini jo‘natdi. Sammitda Braziliya kabi rivojlanayotgan mamlakatlar kuzatuvchi maqomida, Hindiston va Janubiy Afrika esa bundan ham quyiroq maqomda qatnashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring