Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siyosiy inqiroz: Peru prezidenti va parlament bir-birini hukumatdan chetlatdi

Siyosiy inqiroz: Peru prezidenti va parlament bir-birini hukumatdan chetlatdi

Prezident Martin Viskarra.

Foto: «El comercio»

Perudagi siyosiy inqiroz eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi: mamlakat prezidenti Martin Viskarra parlamentni tarqatib yubordi, parlament esa uni o‘z lavozimiga noloyiq hisoblab, boshqa nomzodni davlat rahbari deb e’lon qildi. Bu haqda «El comercio» gazetasi xabar berdi.

Davlat rahbari va kongress o‘rtasidagi nizo Viskarra hukumatga ishonch hamda Konstitutsion sud sudyalarini yanada «shaffof» usulda saylash bo‘yicha islohotlar o‘tkazish masalalarini parlamentga kiritganidan so‘ng yuzaga kelgan.

Viskarra, agarda Konstitutsion sudning yangi a’zolari hukumatga ishonch bo‘yicha qaror chiqishidan avval saylangudek bo‘lsa, parlament tarqatib yuborilishini bildirgandi. Parlamentariylar esa mamlakat rahbarining ogohlantirishini e’tiborga olishmadi.

Viskarra parlament tarqatib yuborilishini e’lon qilishi bilan kongressmenlar navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazib, ko‘pchilik ovoz bilan amaldagi prezident konstitutsiyaviy tuzumni buzgani uchun o‘z lavozimiga noloyiqligini ko‘zda tutuvchi rezolyusiyani tasdiqladi.

Mersedes Araos. Foto: «RCN Radio»

Shu bilan birga parlamentariylar mamlakat vitse-prezidenti Mersedes Araosga qasamyod qabul qildirib, uni vaqtincha prezident etib saylashdi.

E’tiborli jihati, xalq prezident Viskarra tomonida — kongressga eltuvchi asosiy yo‘l va tutash ko‘chalar namoyishga chiqqan norozi fuqarolar bilan to‘lib-toshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring