Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq prezident saudiyaliklardan 90 mln. dollar pora olganiga iqror bo‘ldi

Sobiq prezident saudiyaliklardan 90 mln. dollar pora olganiga iqror bo‘ldi

Foto: «InoSMI»

Sudanning sobiq prezidenti Uman al-Bashir Saudiya Arabistonidan $90 mln. pora olganiga iqror bo‘ldi. Bu haqda «Al Jazeera» sobiq prezident ishida ayblovchi sifatida qatnashayotgan brigada generali Ahmad Aliga asoslanib xabar berdi.

Sudan poytaxti Xartumda korrupsiyada ayblanib ag‘darilgan davlat rahbariga qarshi sud jarayoni boshlangan.

«Ayblanuvchi aytdiki, uning qarorgohida topilgan pullar Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan shaxsiy maqsadlar uchun olingan», — ta’kidladi brigada generali.


Mavzuga oid: Sudanning sobiq prezidenti uyidan millionlab yevro topildi


Uning aytishicha, Al-Bashir Saudiya Arabistoni podshohligi oila a’zolaridan, jumladan, sobiq hukmdor Abulla as-Sauddan jami 90 mln. dollar olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring