Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suv ombori yaqinidagi aholi evakuatsiya qilinmoqda — Qozog‘iston

Suv ombori yaqinidagi aholi evakuatsiya qilinmoqda — Qozog‘iston

Aqto‘be shahri yaqinidagi Sazdi suv omborida suv oqimining ko‘payishi kuzatilmoqda, shu sababli Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini evakuatsiya qilishni boshladi. 25 kishi, shu jumladan, 9 nafar bola xavfsiz joyga yetkazildi, deya xabar bermoqda Zakon.kz.

«Sazdi suv omboriga suv oqimining kuchayishi natijasida Sazdi va Jinishka daryolarida suvning ko‘payishi kuzatilmoqda. Favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilari yaqin atrofdagi qishloqlardan fuqarolarni evakuatsiya qilmoqda», — deyiladi departament xabarida.

Qutqaruvchilar aholidan vahima qilmaslikni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring