Prezidentga tilmoch bo‘lish osonmas (video)

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven bilan muzokaralar chog‘i (Sankt-Peterburg, 9-aprel) «do‘stlar» so‘zini «hamkorlar» deb tarjima qilgan tarjimonni hazillashib «bandit» deb atadi.
— Shvetsiyalik bizning do‘stlarimiz tomonidan qariyb besh milliard sarmoya kiritildi. Xuddi shunday, bizning shved do‘stlarimiz Rossiya iqtisodiyotiga shuncha pul tikishdi, — dedi Putin.
Bu jumlalar tarjimonning tilida «hamkorlar»ga aylanib ketdi.
— Men «do‘stlarimiz» desam, u «hamkorlarimiz» deyapti. Bandit! — hazillashdi Vladimir Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter