Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning Ho‘rmuz bo‘yicha bayonotidan keyin neft narxlari ko‘tarildi

Trampning Ho‘rmuz bo‘yicha bayonotidan keyin neft narxlari ko‘tarildi

Foto: Reuters

Jahonda yana neft narxining ko‘tarilishi kuzatildi. 

13-aprel kuni neft narxi bir barrel uchun 100 dollardan oshdi. Reuters xabar berishicha, Brent neftining fyucherslari juma kuni 0,75 foizgachaga pasaygandan so‘ng, 6,71 dollarga (7,05 foiz) ko‘tarilib, bir barrel uchun 101,90 dollarga yetdi. 

AQShning West Texas Intermadiate nefti bir barrel uchun 104,16 dollardan sotildi, bu 7,59 dollarga (7,86 foiz) oshgan. U avvalgi sessiyada 1,33 foizga pasaygan edi. 

Bu keskin o‘sish AQSh Markaziy qo‘mondonligi 13-aprel kuni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini blokadalanishini e’lon qilganidan keyin yuz berdi. Blokada Eron portlariga kiradigan va chiqadigan barcha dengiz transportiga qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring