Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Daniya bosh vaziri bilan uchrashishdan nega bosh tortdi?

Tramp Daniya bosh vaziri bilan uchrashishdan nega bosh tortdi?

Foto: «Gazeta.Ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uchrashuvni bekor qilganini aytdi. U bu haqda o‘z «Twitter»ida yozib qoldirdi.

Bunday munosabatga uning Grenlandiyani Amerikaga sotish ehtimoli masalasi bo‘yicha bildirgan fikrlari sabab bo‘lgan. Tramp orolni sotishni xohlamasligi haqida ochiqchasiga aytgani hamda shu bilan ikki mamlakat uchun mablag‘ va urinishlarni iqtisod qilishga ko‘maklashgani uchun Frederiksenga minnatdorlik bildirdi.

«Grenlandiya sotilmaydi. Grenlandiya Daniyaniki emas. Grenlandiya Grenlandiyaniki. Men buning (AQSh prezidentining orolni sotb olish xohishini) jiddiy emasligiga juda-juda umid qilaman», — deya e’lon qilgandi Daniya yetakchisi.

16-avgust kuni Trampning Grenlandiyani sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bu g‘oya, ta’kidlanishicha, uning maslahatchilari bilan muhokama qilingan, ular bu rejani «iqtisodiy maqsadga muvofiq» deb topishgan. Ushbu kelishuv 10 trillion dollarga baholanishi, bu qiymat AQSh yalpi ichki mahsulotining yarmidan oshib ketishi mumkinligi hisoblab chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring