Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar yakunlanganini e’lon qildi, ammo...
Donald Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar yakunlangani haqida Kongressni xabardor qildi. Ammo bu urush tugadi degani emas, aksincha, kuch ishlatish uchun Kongress ruxsatini olish talabini chetlab o‘tish uchun qilingan o‘ziga xos yurish.
«2026-yil 28-fevralda boshlangan harbiy harakatlar to‘xtatildi», — deb ma’lum qildi AQSh prezidenti Senat va Vakillar palatasiga yo‘llagan maktubida.
Shu bilan birga, Trampning so‘zlariga ko‘ra, «AQShning Eron rejimiga qarshi amaliyotlari muvaffaqiyatli o‘tganiga va mustahkam tinchlikni ta’minlash borasidagi davom etayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, Eron tomonidan Qo‘shma Shtatlar va uning qurolli kuchlariga tahdid hamon sezilarli bo‘lib qolmoqda». Shu sababli Pentagon mintaqada Qurolli kuchlar ishtirokini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi hamda «zarurat tug‘ilganda va maqsadga muvofiq bo‘lganda» Eron va unga vositachi kuchlar tomonidan bo‘layotgan tahdidlarga javob qaytaradi.
Tramp o‘z maktubida ta’kidlashicha, 7 apreldan beri AQSh va Eron bir-biriga zarbalar bermagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 1-may sanasida prezident harbiy harakatlarni davom ettirish uchun Kongress ma’qulovini yoki 30 kunlik kechiktirish muddatini olishi kerak bo‘lgan 60 kunlik muddat tugagan.
Senatdagi demokratik ozchilik yetakchisi Chak Shumer Trampning bayonotini «safsata» deb atadi: «Bu safsata. Bu noqonuniy urush va respublikachilar bunga sherik bo‘lib, uning davom etishiga yo‘l qo‘yayotgan har bir kun — hayot xavf ostida qolayotgan, tartibsizliklar yuzaga kelayotgan va narxlar ko‘tarilayotgan yana bir kundir. Buning badalini amerikaliklar to‘lashmoqda».


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter