Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligi aytildi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi quroldan xoli zonada uchrashishi mumkin. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei Asia jurnali xabar berdi.
Tramp Osiyo mamlakatlari (Malayziya, Yaponiya va Janubiy Koreya)ga tashrifi doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazadi. Xususan, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan Rossiya neftini xarid qilish masalasini muhokama qilishi, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti sammitida XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yaponiyaning yangi saylanadigan bosh vaziri bilan uchrashuvi ham bor.
Yonhap agentligi Oq uydagi manbaga asoslanib xabar berishicha, AQSh prezidenti KXDR yetakchisi bilan hech qanday shartlarsiz muzokaralar olib borishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Tramp birinchi prezidentlik davrida Kim Chen In bilan uch marta uchrashgan va bu Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishda yordam bergan. Oq uy xodimiga ko‘ra, AQShning KXDRga nisbatan siyosati o‘shandan beri o‘zgarmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter