Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fenerbaxche ishi»: politsiya sobiq rahbari 2170 yilga qamaldi

«Fenerbaxche ishi»: politsiya sobiq rahbari 2170 yilga qamaldi

Foto: «Vesti.ru»

Turkiyada politsiya sobiq rahbari Nazmi Ardich 2170 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ardich va 25 nafar sheriklari Istanbulning «Fenerbaxche» klubi rahbarlariga qarshi fitna qo‘zg‘aganlikda aybdor deb topildi.

Bundan tashqari, 5-iyun kuni Turkiya sudi «Samanyolu» media guruhi rahbari Hidoyat Karaju ustidan ham hukm chiqardi: telefon qo‘ng‘iroqlarini pinhona eshitish va hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topilib, 1406 yilga qamaldi.

Yuqoridagi har ikki shaxs Fatxulla Gyulen rahbarligidagi davlat fitnasi qatnashchilaridan hisoblanishadi. «ESPN» xabariga ko‘ra, Gyulenning tarafdorlari «Fenerbaxche»ni kelishilgan o‘yinlar hisobiga g‘alaba qozonganlikda «ilintirish» uchun mamlakatning sud va politsiya tizimlariga suqilib kirib olishgan.

Ushbu jinoiy sindikat «sa’y harakatlari» bilan 2011-yilda «Fenerbaxche»ning sobiq prezidenti Aziz Yildirim «kelishilgan o‘yinlar»da ayblanib, olti yilga qamalgan edi. Aybdor emasligini ta’kidlab kelgan Yildirim belgilangan olti yilning bir yilini qamoqda o‘taganidan so‘ng ozodlikka chiqarilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring