Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada saylov natijalari rasman e’lon qilindi

Turkiyada saylov natijalari rasman e’lon qilindi

Turkiya Oliy saylov kengashi prezident saylovining ikkinchi bosqichida 52,14 foiz ovoz olgan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning g‘olib bo‘lganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 28-may kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi bosqichida Erdo‘g‘onning raqibi – birlashgan muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li 47,86 foiz ovoz olgan.

Oliy saylov kengashi saylov huquqbuzarliklarsiz o‘tganini bildirdi, biroq Anqarada chiqish qilgan Qilichdoro‘g‘li bu tarixdagi eng adolatsiz saylov bo‘lganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni prezidentlik saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring